
Tushunmovchilik ko‘p: kimdir o‘ylaydi kalit so‘z bu «maxfiy kod», yana kimdir reklama matni deb o‘ylaydi. Aslida, kalit so‘z bu — odamlar Google’da qidiradigan so‘zlar.
Masalan:
— Kimdir yozadi: “toshkentda eng yaxshi oshxona”
— Yoki: “uyga yetkazib beriladigan pizza”
Bu yozilganlar — kalit so‘zlar. Sizning saytingizda yoki Instagram sahifangizda shunaqa so‘zlar bo‘lsa — odamlar sizni topadi.
Nega bu muhim? Agar siz mahsulot yoki xizmat taklif qilsangiz-u, saytingizda odamlar qidirayotgan so‘zlar bo‘lmasa — siz qidiruvda ko‘rinmaysiz.
Siz borsiz, lekin ko‘rinmaysiz. Bu esa sotuv yo‘q, mijoz yo‘q degani.
Yechim nima?
— Kalit so‘zlarni aniqlash
— Ularni maqola, sahifa, sarlavha va URL’larda to‘g‘ri ishlatish
— SEO asosida kontent yozish
Biz sizga aynan sizning sohangizdagi kalit so‘zlarni topib beramiz va ularni saytingizga qanday kiritish kerakligini ko‘rsatamiz. Yordam kerak bo’lsa bemalol!
P.s: Sayingizni SEO bilan jonlantiring!