
Ko‘pchilik SEO’ni o‘rganish uchun albatta kursga borish yoki yillar davomida agentlikda ishlash kerak deb o‘ylaydi. Aslida esa bu noto‘g‘ri. Aksincha, ko‘p kurslar faqat “tayyor formulalar” beradi, fikrlashga o‘rgatmaydi. Agentliklarda esa faqat chek-list asosida ishlanadi – bu sizni o‘stirmaydi.
Aslida SEO’ni o‘rganish uchun nima kerak?
* Kalit so‘z yozasiz — Google yoki Yandex’da qidiruvga berasiz
* Natijalardagi saytlarga qaraysiz — ayniqsa yosh raqobatchilarga
* Nimalar qilganini tahlil qilasiz
* O‘zingiz shu yo‘nalishda, lekin o‘z uslubingizda taklif qilasiz.
Analiz qilishda 4 narsa muhim:
* Kontent: sarlavha, matn hajmi, strukturasi
* Ssilkalar: qancha, qayerdan, qanday sifat
* Texnik qism: yuklanish tezligi, mobilga mosligi, meta taglar
* Qo‘shimcha xizmatlar: GMB (Google My Business) va boshqa servislar
Saytlar – bu ochiq kitob. O‘qishni bilsangiz, hammasi ko‘rinib turadi. Ha, PBN (xususiy blog tarmog‘i) yashirin bo‘lishi mumkin, lekin siz kuchli sohalarda ishlamoqchi bo‘lsangiz, baribir kuchli PBN kerak bo‘ladi.
O’zimda 80 ta PBN saytlar bor, yanada ko’paytirish kerak aslida. Siz ham ochib qo’yishingiz kerak.
Yandex uchun esa – kontent + ssilka, va agar raqobat kuchli bo‘lsa – foydalanuvchi faktorlari (ПФ) ni ko‘tarish shart.
Ya’ni, oddiy qilib aytganda: kalit so‘z + kuzatuv + tahlil + tajriba = natija.
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!