Ko‘p SEOchilar validator.w3.org’dan xatolarni olib, dasturchiga ro‘yxatini yuboradi: “Mana, hammasini tuzat!”

Bu — noto‘g‘ri yondashuv. Ayniqsa, Labrika servisidan 1000 dan ortiq xatoni “kritik” deb chiqarib, developerga tashlab yuborish — ish emas, bu jinnilik.

‍ Dasturchilar bunday vazifalardan charchagan. Chunki bu xatolarning 90% qismi sayt ishlashiga va Google tushunishiga umuman ta’sir qilmaydi. Lekin ular “kritik xato” deb yoziladi, xolos.

❗ Nima qilish kerak?

✅ Faqat semantikaga ta’sir qiladigan xatolarni tuzatish kerak. Ya’ni:

• <article>, <nav>, <main> kabi teglar noto‘g‘ri bo‘lsa

• <h1> yo‘q yoki noto‘g‘ri ishlatilgan bo‘lsa

• Tushunarli tuzilma buzilgan bo‘lsa

Buni qanday aniqlaysiz?

1. validator.w3.org saytiga kirib, sahifa kodini tekshirasiz.

2. Xatolar ro‘yxatini va sayt HTML kodini AI (ChatGPT) ga berasiz.

3. So‘raysiz: “Faqat semantik xatolarni ajratib ber. Har biriga noto‘g‘ri kod va qanday tuzatish kerakligini yozib chiq.”

Natijada siz:

• Developerga aniq va tushunarli TЗ berasiz

• Vaqtni tejaysiz

• HTML xatolarni rostdan ham foydali tarzda to‘g‘rilaysiz

Har bir xatoni emas, ahamiyatlisini tuzating. Google-ning saytni qanday “o‘qishi” muhim. Shunchaki “0 xato” uchun emas, ma’noli tuzilma uchun harakat qiling.

P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!