Ko’p loyihalarni SEO qilgan bo’lsam, deyarli o’zbek saytlarida 90% holatda uchraydigan narsa bu rasmni juda katta hajmda yuklashadi, Statistikaga ko’ra O’zbekistonda 90% dan oshiq trafik telefon orqali bo’ladi.

Shuni inobatga olib, rasmlarni katta hajmda yuklamaslikni tavsiya qilaman, maksimal sifatni yo’qatmagan holatda optimallashtirish kerak.

Man asosan tinypng xizmatidan foydalanaman, WordPress uchun ham plugin bor, har oy bepulga 500 ta rasmni optimallashtirish imkoni bor. Kichik loyihalar uchun bemalol yetadi.

Hozir 9000 dan oshiq rasmni shu orqali optimallashtirish chiqvomman. Hostingda umumiy 2.52GB lik rasmlar bor edi. Shuni 1 GB dan pastga tushirdim. Bu jarayon hali davom etmoqda.

Nima demoqchiman, o’zingizni saytingiz bo’lsa ham, mijozingizni sayti bo’lsa ham sayt tezligiga etiborli bo’ling, ko’p uchraydigan narsalardan bir bu rasm hajmi bo’ladi.

Sekin sayt hech qachon uchmaydi va og’ir tosh kabi dengiz tubida qolib ketadi.

P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!