Telegram kanalimizni yoki saytimiz sahifasini googlega chiqarish

Ko’pchiligimiz telegram kanalimizni yoki saytimizni sahifalarini googlega chiqarishni xohlaymiz, lekin negadir googlega chiqmaydi, bunga bir nechta sabablar bo’lishi mumkin.

Eng katta sabablardan biri saytingiz hali yosh ya’ni endi ochilgan sayt bo’lishi ehtimoli katta va google shunaqa sayt borligini bilmaydi, qancha tezroq googlega qo’shib qo’ysangiz shuncha tezroq sahifalarni googlega chiqarishni boshlaydi. 

Sahifalarni topga olib chiqishi boshqa masala, u haqida yana gaplashamiz hali.

Telegram kanalni googlega chiqarish ham shunga o’xshash, shunaqa sahifa borligi google bilmaydi shu sabab ham googleda chiqmaydi, chiqarish uchun nima qilish kerak deysizmi? Hozir shu haqida gaplashamiz.

Oldin telegram kanalimiz yoki sahifamiz google da bor yo’qligini tekshirishdan boshlaymiz, buning uchun browserga kirib olamiz va sayt yozadigan joyga site:t.me/nodir yoki site:seochi.uz/yangisahifa shunaqa ko’rinishda terib tekshirib ko’ramiz.

Keling endi sahifani googlega borligini bildirib qo’yish uchun ishlaymiz, o’zim anchadan beri shu telegram botdan foydalanaman, o’zim ham sinab ko’rganman, eng qizig’i googlega chiqarib berolmagan sahifa uchun olingan hisobni qaytarib beradi, faqat natija uchun hisobingizdan oladi. Yangi foydalanuvchilar uchun 200 ta sahifani googlega chiqarish uchun bonus beriladi, kichikroq saytlar uchun juda zo’r imkoniyat.

Sinab ko’ring albatta Sizlarga yoqadi. Savollaringiz bo’lsa izohda qoldirishingiz mumkin.

P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!