
Doim saytni ishlab turishi muhim hisoblanadi, qancha sayt ishlamay qolishi ko’paysa shuncha SEO tomondan ham salbiy baholanadi.
Hamma ham doim saytini nazorat qilib turolmaydi, shunda har xil pullik va bepul servislardan foydalanish qulay deb o’ylayman. Ishlatvotgan hosting yoki serverni qanchalik ishonchliligini ham bilib olishga yordam beradi.
Ko’p ishlamay qoladigan hostingdan tezda voz kechish kerak bo’ladi, sababi sizga bog’liq bo’lmagan narsa uchun jabr ko’rish yaxshi holatmas.
Sizlarga o’zim bir necha yillardan beri ishlatib keladigan servisni tavsiya qilaman, eng muhimi bepul. Pullik tariflari ham bor, boshlanishiga bepuli ham yaxshi xizmat qilib beradi.
UptimeRobot degan ilovani telefoningizga o’rnatib olishingiz va saytni qo’shib qo’yishingiz kerak bo’ladi, sayt ishlamay qolsa ilova xabar yuboradi va statistikani ko’rsatib turadi, necha minut ishlamay qolganigacha ko’rsatib turadi.
Bir sinab ko’ring, albatta Sizlarga yoqadi.
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!