O’zbekistonda hozir ko’pchilik sayt yaratishni boshlab yuborgan va SEO xizmatlariga ham talab oshib bormoqda. Ko’pchilik har xil konstruktorlardan foydalanib sayt yaratishadi, Tilda, Wix va boshqalaridan foydalanishadi. Sababi ularga umumiy so’mma to’laysiz va hosting uchun alohida pul to’lashga hojat yo’q. Oylik obuna uchun pul to’lashni o’zi yetarli.
Oddiy bir sahifali saytlar uchun 10$ oylik obuna to’lash qimmatlik qilishi mumkin. Shunday holatlarda oddiy saytlar uchun arzonga hosting olib saytini ishga tushirib qo’ygani har tomonlama qulay hisoblanadi. Buning uchun domen va hosting boshlanishiga kerak bo’ladi. Keyin internetdan oddiy sahifali dizayn sotib olinadi yoki bepulga dizayn yuklab olinadi va ma’lumotlarimiz bilan to’ldirgan holda hostingga yuklab qo’ysak saytimiz ishlab turadi.
Saytni to’liq ishga tushirishdan oldin hostingga pul to’lash shart emas, yangi foydalanuvchilar uchun boshiga 14 kunga test uchun hosting olish mumkin. 14 kun ichida bemalol saytni ishga tushirib olish mumkin bo’ladi. 14 kunga hosting olib shu vaqt jarayonida saytni to’liq yaratib keyingi oylar uchun pul to’lash mumkin.
Hozir 7-8 yildan beri o’zim ishlatadigan hosting kopmaniyasini sizlarga taklif qilaman, bu hosting kompaniyasi orqali 14 kunga hosting yoki vps olish mumkin. Texnik qo’llab quvvatlash hodimlari ham yaxshi, vaziyatni tushinishadi. Oldin mada pul bo’lmay qolgan vaqtlarda ham ularni yozib bir necha kunga hosting muddatini uzaytirib olardim. Bu man uchun juda qulay edi. Doim ham pul bo’lmay qoladigan vaqtlarda yordam beradi.
Sizlarga saytni havolasini qoldiraman, shu havoladan o’tib bemalol 14 kunga bepul hosting olishingiz va saytni yaratishingiz mumkin. Eng qizig’i wordpress CMS ni 2-3 tugmani bosish orqali oson o’rnatib olishingiz mumkin. Bu juda ham qulaylik beradi. WordPressni yuklab olib qayta hostingga yuklab o’tirish shart emas.
Maqola foydali bo’ldi degan umiddaman, yaqin kunlarda wordpressni o’natish bo’yicha video qo’llanmalarni yuklab boraman, saytni kuzatishni unutmang!
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!