Uzum marketda kuniga har xil miqdorda sotuv bo‘ladi, lekin quvonishga ertalik qiladi. Misol uchun bugun 30 ta buyurtma kelsa, bu 30 ta sotuv bo‘ldi degani emas, ko‘p holatda hamma buyurtmani mijoz qabul punkitiga borib olmaydi, yoki 1-2 kunda buyurtmani bekor qilishi mumkin.
Manda 20-30% buyurtmalar bekor bo’ladi, tovar sifatsizligidan emas, sababi sifatsiz narsa emas. Shunchaki mijoz arzonroq variantini topib qolishi, esidan chiqib ketishi va boshqa sabablar bo’lishi mumkin. Bu foizlar o’rtacha holat va ko’pchilikda shunaqa.
Uzum marketda nega buyurtmalar bekor bo’ladi?
Bazida buyurtma yoqmaganligi uchun ham bekor qilishlar bo‘ladi, Uzumda ishlashni ham o‘ziga yarasha kamchiliklari bor, sotilgan tovarni 10 kun ichida mijoz qaytarib berish imkoniyati ham mavjud (Qabul qilishda holati tekshirib olinadi).
Har bir ishni o‘ziga yarasha yaxshi va yomon tomonlari bor, lekin ishlab ko‘rsa bo‘ladi, qancha yaxshi tovar tanlasangiz va talab katta bo‘lsa, yaxshi daromad qilish mumkin. Bunda komissiya, yetkazib berish narxi va o‘zingiz qilgan xarajatlarni to‘g‘ri hisoblab narx belgilash kerak bo‘ladi.
Hozir shu ish bo‘yicha ham tajriba oshirvomman, lekin manga yoqvoti.
Tajribalarimni bo‘lishib boraman, kuzatishni va aktivlikni unutmila
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!