Yangi yildan boshlab bir loyiham shunaqa tez ko’tarila boshladi

Sayt ta’lim sohasiga oid bo’lganligi uchun, shanba yakshanba kunlari trafik pasayib turadi. O’qish kunlari kuniga 600-800 tagacha bo’ladi.

SEO da doim vaqt kerak bo’ladi. Bugun ochgan saytingiz bilan 10 minglab odam kiradigan qilolmaysiz. 

To’gri ishlansa ozroq vaqt o’tib trafik ko’paya boshlaydi.

Buning uchun sifatli kontent va sayt to’g’ri optimizatsiya qilingan bo’lishi kerak.

Eslatib o’taman, saytdagi maqolalar googleda chiqmasa foydasi yo’q. Buning uchun indeks qilishga yordam berish kerak bo’ladi yangi ochilgan saytlar. 

Keyinchalik google botlari o’zi tez indeks qila boshlaydi. 

P.s: Saytingizni SEO bilan jonantiring