seo telegram kanal
Donat nima?

Donat so’zini tarjima qilib o’tirmadim va o’z fikrim bilan tushuntiraman, chunki umumiy olganda bu xayriya, ehson qilish.

Donat — Pul ko’rinishidagi minnatdorchilik va qo’llab-quvvatlash.

Youtubeda, Instagramda, Telegramda qayerda bo’lmasin kontent yaratuvchilarni yoki loyihalarni jamiyatni o’zi, maqsadli auditoriyasi, fan bazasi loyiha/ijod rivojlanishi uchun ixtiyoriy summada donat qilish orqali o’z xissasini qo’shadi.

Kimdir rejadagi kontentini, kimdir qisqa metrajli filmini, kimdir orzusidagi avtomobilini yana kimdir sayohatini shunday ixtiyoriy donatlar orqali moliyalashtiradi.

Aynan donatlar orqali 10 000 odam 5000 dan tashlasa 50 000 000 bo’ladi deydigan farazlar ishlaydi.

O’zbekistonda donat qiluvchi auditoriya shakllanmoqda, ular o’z bloggerlarini, mualliflarini yaxshigina qo’llab-quvvatlashmoqda. Faqat qanday qilib?

Hozir O’zbekistonda kamina biladigan uchta donat platforma ishlashni boshlagan.

1) edonation.uz (Uzcard, Humo)

2) tirikchilik.uz (Uzcard, Humo, Click, Payme, Mastercard)

3) idonate.uz (Payme)

Biz ham o’z loyihalarimizda donat platformalaridan foydalanishni boshladik. Bu istalgan inson o’ziga yoqgan loyihamizning rivojlanishiga xissa qo’sha olishi uchun.

Xalqaro tajribada youtube ni o’zida superchat, qolgan joylarda donationalerts kabi platformalar faol ishlatiladi donat uchun.

Muallif: Ulug’bek Ismatov