seo telegram kanal
Qaysi CMS da sayt ochgan yaxshi?

Ko’pchilik dasturchilikdan xabari bo’lmagani va kichik sayt ochish uchun ko’p vaqt sarflashni xohlamagani uchun tayyor CMS lardan foydalanib sayt ochishni xohlashadi.

To’g’ri ham qilishadi, sayt ochish uchun 0 dan boshlash shart emas. Tayyor CMS lardan foydalanib sayt ochishni tavsiya qilaman. Bazi yo’nalishdagi saytlar uchun 0 dan qilish kerak bo’ladi, lekin 90-95% saytlar CMS lar orqali ochilgan va kengayib borgan sari o’zlari uchun tizim qilishadi. 

0 dan qilishni o’ziga yarasha plus tomonlari ham bor lekin tezroq boshlash va byudjetni tejash uchun CMS lar yaxshi variant.

Dunyodan eng ko’p saytlar WordPress orqali ochilgan, sababi dasturchilikni bilish shart emas, tayyor shablonlar va plaginlar orqali imkoniyatini kengaytirib borishlari mumkin.

CMS tanlashda nimalarga etibor berish kerak? CMS tanlashda eng muhimi yaratuvchilari tomonidan yangilanib borishiga etibor berish kerak bo’ladi, sababi zamonaviylashib ya’ni yangilanib borilmasa 3-4 yilda muommolar chiqa boshlaydi. 

Plaginlar ham juda muhim hisoblanadi, yetarlicha plaginlar bo’lmasa, o’zingiz xohlagan imkoniyatlarga ega sayt yarata olmaysiz.

Tez ishlashi ham juda muhim hisoblanadi. WordPressda ochilgan saytlar sekinroq ishlaydi. Sekin deganda nimagadir taqqoslanadi, man ishlatadigan CMS gaqaraganda ancha sekin ishlaydi.

Qaysi CMS ishlatasiz ko’proq deyishingiz tabiiy, man 2013 yildan beri DLE CMS ishlataman. Bu CMS pullik hisoblanadi, lekin ishlashi va sozlanmalari manga juda yoqadi. asosiy saytlarimni shu CMS da ochganman va tez topga olib chiqqanman.

Skrenshotdagi saytni ham DLE da ochganman va ko’rib turibsiz ko’tarilib borvoti trafiklar soni.

Siz qaysi CMSdan foydalanasiz? 

P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring