musor trafik rossiyadan

Anchadan beri Bisyor.uz saytimizga Rossiya davlati tomonidan ataka bo’layotgan edi. Ya’ni kuniga 500 minglab botlar kirayotgan edi.

Bu narsa SEO da salbiy tasir qiladi, sababi bu botlar ko’p saytda bo’lmaydi, 5-30 soniya oralig’ida chiqib ketishadi, shu sabab saytga salbiy tasir qiladi.

Hozir buni yechimini topib Rossiya uchun cheklov o’rnatdim. Xar bir kirgan odam uchun cloudflare captcha dan o’tganlar saytga kira oladigan qilib qo’ydim.

Sababi 98% trafik Rossiyadan, ichida katta ehtimol bilan 99.9% botlar hisoblanadi. Oldin ham statistikani kuzatib kelardim, ko’p Rossiyadan kirmasdi. 

Nima demoqchiman, bunaqa botlar saytga salbiy tasir qiladi, bunday musor trafiklardan tezroq qutilish kerak. 

Manda ko’pchilik nega kechqurun uxlamaysiz deydi, sababi doim bunday muommolarga yechimlar yarim tunda yoki tong saharda keladi. Bugun ham shunday bo’ldi.

Sizlarda ham shunday bo’ladimi yoki boshqachami?

P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring