Ko’pchilik uzum marketda savdo qilishayabdi, o’zim ham do’kon ochib bir necha oydan beri ishlab kelaman, savdolar ham yomon emas, ishga qarab natija bo’lib turibdi.
Shu ishlash jarayonida tushundimki, arzonroq va sifatliroq tovarlar ko’p sotilar ekan, man 100 ming so’mgacha bo’lgan tovarlarni sotaman. 100 xildan ko’p tovar qo’shib chiqqanman. Turli xil tovarlar bo’lsa har kuni sotuv bo’lish ehtimoli bor, bitta tovar joylab qo’ysangiz sotish ehtimoli kamroq bo’lishi mumkin agar sezonga mos tovar bo’lmasa.
Tovaringizga iloji boricha yuqori baho olishga va rasmlar bilan birga izoh qoldirishlariga erishishga harakat qiling, bu Sizdan sotib olishga ikkilanayotgan mijozlarni ishonchini oshiradi va sotuvlarga yaxshi ta’sir qiladi. Yuqori bahoga ega tovarlar boshqalardan sal qimmatroq bo’lsa ham, Sizdan olish imkoniyatini oshiradi.
O’zim ham shu narsaga e’tibor beraman. Uzum marketda iloji boricha tovarlar qaytmasligiga harakat qiling, tovar sifatsiz va upakovkasi yaxshi bo’lmasa mijozga yaxshi taasurot qoldirmasligi va tovarni qaytarib yuborisihi mumkin. Bu Sizga zarar bo’lishi mumkin agar tovar oxirgisi bo’lsa. Iloji bo’lsa yaxshi ketadigan tovarlarni skladga to’ldirib boring.
Raqobatchilarni ham o’rganish esdan chiqmasin, oldin odamlar tovarni shunday ko’rib sotib olishardi, hozir narxlarni ham solishtirishni o’rganishgan, 1 minut ham vaqti ketmaydi arzonrog’ini topish uchun.
Sotuvlarni oshirish va mijozlardan yaxshi baho olish uchun, keyingi sotuv yoki ma’lum summadan oshgan buyurtma uchun promo kodlar taqdim qilsangiz ham bo’ladi, bu Sizga sotuv oshirishga va ijobiy baholar olishingizga yordam beradi. Buni har bir tovarga kichik qog’ozga yozib mijozga yuborish orqali qilishingiz mumkin.