Ba’zida Instagram’ni to‘ldirish uchungina post qo‘yiladi. Oqibatda natijalar barqaror bo‘lmaydi. Buning oldini olish uchun kontent reja kerak bo‘ladi

Xo‘sh, kontent reja qanday tuziladi va uni tuzishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Kontent reja aslida katta maqsadning kichik qadamlarini amalga oshirish uchun tuziladi.

Masalan, o‘quv markazida matematika, fizika, informatika kurslari mavjud. Har bir kurs sotuvini oshirish kerak. Har bir kurs sotuvi uchun 2-3 ta kichik seriyalardan iborat kontent reja tuzilsa, ancha samarali bo‘ladi.

Quyidagi materialda 3d Max, Revit, grafik dizayn kurslari sotuvi misol qilib keltirilgan.

Kontent reja uchun tavsiyalar:

  • kontent uchun yangi g‘oyalarni kontent reja va tartibga moslagan ma’qul
  • agar rejadan tashqari muhimroq hodisa yuz bersa, u boshqa kontentlarga nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi. Bunga trendlarni misol qilish mumkin
  • agar birorta format ishlamasa, kontent rejasidan chiqarib tashlash mumkin
  • muammoli holatlarda, materiallarni o‘z vaqtida nashr etishning imkoni bo‘lmaganda, zaxira post sifatida oddiy va ishlab chiqish oson, tushunarli kontentlardan foydalanish tavsiya etiladi.
  • barcha materiallar tanlangan uslub, TOVga mos kelishi kerak

Kontent rejani shablonini yuklab olish

Muallif: Nurbek Yuldoshev