Saytga maqolalar joylab passiv daromad qilish mumkinmi?

Ha mumkin! Hozir O‘zbekistonda .uz domenida saytlar ko‘payib bormoqda va SEO bo‘yicha talab ham oshib borayotganini shaxsan murojaatlardan his qilib turibman.

O‘zbek saytlari bilan ishlashda .uz domenda ochilgan blog saytlar SEO mutaxassislariga kerak bo‘ladi. Saytlar haqida maqola joylash uchun. Albatta maqola joylab berish bepul bo‘lmaydi, maʼlum bir summa evaziga joylab beriladi.

Bu faqat tanish bilishlarga ishlaydi deb o‘ylasangiz adashasiz, shaxsan o‘zim turli birjalarga saytni joylab qo‘yganman va narxini ham ko‘rsatib qo‘yganman, har oy maʼlum bir buyurtmalar tushib turadi.

60-80% o‘zbek saytlariga buyurtma bo‘ladi, bu bilan etishim mumkinki, bu yo‘nalishda ko‘pchilik etibor bermiyabdi, oddiy blog saytlardan qo‘shimcha daromad qilish mumkin faqat saytingiz yoshi kamida 6 oy va kuniga 50 tadan ko‘proq odam kirishi kerak bo‘ladi.

Agar til bilsangiz va matn yozishga erinmasangiz, saytga foydali maqolalar joylab chet eldan buyurtmalar olishingiz mumkin. U yerda 1$ dan 10000$ gacha borishi mumkin bitta maqola joylash.

Narx nimaga qarab belgilanadi degan savol berishingiz mumkin, asosan narx sayt yoshi va kuniga qidiruv tizimlari orqali qancha odam kirishiga qarab belgilanadi. Sayt qancha ishonchli va xavfsiz bo‘lsa, narxni baland qilib qo‘yishingiz mumkin.

Yaqin orada ochiladigan kursimga ham shu yo‘nalish bo‘yicha tajribamni bo‘lishaman, o‘ylaymanki hammamizga foydali bo‘ladi.

P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring