SEO uchun qaysi domenni olgan yaxshi?

Hozir bir so’zdan iborat domenlar kundan kunga kamayib bormoqda, shu sababdan 2 ta so’zdan iborat domenlar olish boshlandi.

2 ta so’zdan iborat domen olishda ikkita tanlov bor, chiziqchali (avto-usta. uz) va chiziqchasiz (avtousta. uz), shunday holatda qay birini tanlaganimiz SEO uchun yaxshi bo’ladi deb ko’pchilik ikkilanadi.

Domen olishda esda qolarli, qisqa nom bo’lsa va kalit so’z ishtirok etgan bo’lsa zo’r hisoblanadi. 2 ta so’zdan iborat domen olishda chiziqcha bilan bilan olish ham mumkin lekin foydalanuvchilarga ba’zan noqulay bo’lishi mumkin.

Chiziqchasiz olish soddaroq va esda qolarli bo’ladi. Kalit so’zlar birgalikda yozilgan bo’lsa, qidiruv tizimlari buni tushunishi mumkin. Shuning uchun 2 ta so’zdan iborat domen olishda chiziqchasiz holatda saytni ishlatish to’g’ri yechim bo’ladi.

* Kursda, to’g’ri domen tanlash va to’g’ri sayt ochish bo’yicha qo’llanmalar bo’ladi.

P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring