Sayt yagona URL da bo'lishi juda muhim

Ko’pchilik shu xatoni qiladi va etibor bermaydi, yani sayt url yagona ko’rinishda bo’lishi kerak, qanday deysizmi? shuni misol tariqasida seochi.uz saytini olamiz.

  • http://seochi.uz
  • https://seochi.uz
  • http://www.seochi.uz
  • https://www.seochi.uz

Ko’rinishidan bitta saytku deyishingiz mumkin, to’g’ri qay biriga kirsangiz ham bitta sayt ochiladi, lekin texnik tomondan qidiruv tizimlari 4 xil sayt deb qabul qiladi, bu xato hisoblanadi. 

Sayt ochishdan oldin www bilan ishlaydigan qilish yoki qilmaslikni aniqlab olish kerak bo’ladi va tepadagi 4 ta variantdan qay biriga foydalanuvchi kirsa ham bitta holatda ochilishi kerak bo’ladi. 

Misol uchun man doim https://seochi.uz holatini tanlayman va qolgan 3 ta variantni shu mazilga 301 qilib yo’naltiraman. 301 qilib ko’natirish muhim hisoblanadi. 

Siz ham saytingizga etibor berib ko’rganmisiz? oldin etibor bermagan bo’lsangiz tekshirib ko’ring va. 301 bilan bitta holatga yo’naltirib qo’ying.

Maqola foydali bo’lgan bo’lsa reaktsiya qoldirishni unutmang.

P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring